Maxfiylik siyosati
Bu siyosat Tovarchi xizmati (Telegram-bot @tovarchi_bot va tovarchi.uz sayti) foydalanuvchi ma'lumotlari bilan qanday ishlashini tushuntiradi. 2026-yil 7-noyabrdagi tahrir.
1.Kim ishlaydi
YATT "HAVRYLOV VLADYSLAV". JShShIR 52510005000015. Manzil: Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Chilonzor Oqtepa ko'chasi, 9/1-1,2-uy. Telefon: +998 94 708 09 34. E-mail: salom@tovarchi.uz.
2.Qanday ma'lumot yig'iladi
- 2.1Telegram ismi, username va ID raqami; telefon raqami — faqat o'zingiz yuborsangiz; bot uchun yuborgan rasmlar va izohlar; tanlangan marketpleys va til; to'lov holati.
- 2.2Bank kartasi ma'lumotlari bizga kelmaydi — ularni Click, Payme yoki Telegram qayta ishlaydi.
- 2.3Saytni ochganingizda: cookie va brauzer identifikatorlari, IP-manzil, brauzer, sahifa, reklamadan kelgan bo'lsangiz, reklama belgisi.
3.Nima uchun
- 3.1Kartochka tayyorlash, limit va to'lovni hisobga olish, savollaringizga javob berish.
- 3.2Ma'lumotlaringizni sotmaymiz. Reklamani o'lchash va ko'rsatish uchun reklama hamkorlariga faqat «Kimga uzatiladi» bo'limida yozilgan ma'lumotlar beriladi.
4.Kimga uzatiladi
- 4.1Kartochka tayyorlash uchun rasm va izoh bizning texnik hamkorlarimiz — rasm va matnni qayta ishlash xizmatlariga yuboriladi.
- 4.2Xabarlar Telegram orqali o'tadi, to'lovlar — to'lov tizimlari orqali.
- 4.3Sayt statistika uchun Yandex Metrikadan va Meta reklama vositalaridan foydalanadi. Reklama vositalari orqali Meta saytga kirganingiz haqida ma'lumot oladi: cookie, IP-manzil, brauzer va sahifa. Facebook yoki Instagramdan kelgan bo'lsangiz, Meta'ga birinchi tayyor kartochka va to'lov haqida ham xabar beramiz: summa, tarif va to'lov usuli. Meta bu ma'lumotlardan reklamani o'lchash, auditoriyani tanlash va reklama ko'rsatish uchun foydalanadi. Telegram ID, telefon raqami va rasmlaringiz Meta'ga berilmaydi.
- 4.4Hamkorlarning bir qismi O'zbekistondan tashqarida joylashgan; ularga faqat xizmat ko'rsatish va reklama uchun zarur ma'lumot beriladi.
5.Qancha saqlanadi
- 5.1Rasmlarning asl fayllari 30 kun saqlanadi, keyin avtomatik o'chiriladi.
- 5.2Hisob ma'lumotlari va kartochkalar tarixi — hisob faol ekan.
- 5.3Botga o'tish bilan bog'liq reklama belgisi, cookie identifikatori, IP-manzil va brauzer ma'lumoti — 90 kungacha.
6.Ma'lumotni o'chirish
Botda «Yordam» bo'limiga yozing — 7 kun ichida ma'lumotlaringizni o'chiramiz.
7.Sayt
- 7.1Sayt brauzeringizda til tanlovini va reklama belgilarini saqlaydi, tahlil va reklama uchun cookie fayllaridan foydalanadi. Facebook yoki Instagramdan kelgan bo'lsangiz, botga o'tishda reklama belgisi serverimizga yuboriladi.
- 7.2Qanday rad etish mumkin: brauzeringizda cookie fayllarini o'chirib qo'ying, shunda sayt reklama vositalarini yoqmaydi va reklama belgisini yubormaydi. Meta akkauntingizdagi reklama sozlamalarini o'zgartirish yoki aboutads.info/choices yoxud youronlinechoices.eu xizmatidan foydalanish ham mumkin. Ma'lumot serverimizga yuborilgan bo'lsa, botda «Yordam» bo'limiga yozing.
8.Aloqa
Savollar bo'yicha: Telegram-bot @tovarchi_bot, «Yordam» bo'limi.